yandex metrika
Hikoyalar

Onaga xizmat - Islomiy hikoya

Onaga xizmat - Islomiy hikoya

Bir xasta ayolning ikkita o'g'li bor edi. Aka-uka har kecha navbatlashib onalariga qarab chiqishardi. Uka o'z navbatchiligida ko'proq ibodat bilan mashg'ul bo'lar va bundan faxr qilardi. Bir kecha akasining navbatida:

- Bu kecha ham dam ola qoling, men baribir tuni bilan uxlamay ibodat qilaman, - dedi.

Akasi rozi bo'ldi. Uka yarim tunda sajdaga bosh qo'ygancha ko'zi ilindi. Tushida unga bir ovoz eshitildi:

- Akangning gunohlari kechirildi, sen ham uning hurmati uchun afv qilinding.

- Men kecha-yu kunduz Allohga ibodatda bo'lsam, akam esa onamga xizmat qiladi, xolos, - hayron bo'ldi uka.
- Shunda ham men uning hurmati uchun afv etilamanmi?

- Albatta. Chunki onang muhtoj bo'lgan xizmatni unga akang qilyapti, sen qilayotgan amallarga esa bizning aslo ehtiyojimiz yo'q.

"Irfon" taqvimining 2011 yil, 1-sonidan olindi.