yandex metrika

Asosiy/ Python/ 5-dars. Python o'zgaruvchilari

Python o'zgaruvchilari


O'zgaruvchilar

O'zgaruvchilar ma'lumotlar qiymatlarini saqlash uchun konteynerlardir.


O'zgaruvchilar yaratish

Pythonda o'zgaruvchini e'lon qilish buyrug'i yo'q.

O'zgaruvchi unga birinchi marta qiymat bergan paytda yaratiladi.

Misol

x = 5
y = "John"
print(x)
print(y)

O'zgaruvchilarni ma'lum bir turi bilan e'lon qilish shart emas va ular o'rnatilgandan keyin ham turini o'zgartirishi mumkin.

Misol

x = 4       # x son tipida
x = "Sally" # x satr tipida
print(x)

O'zgaruvchilar turini o'zgartirish

Agar siz o'zgaruvchining ma'lumotlar turini belgilamoqchi bo'lsangiz, bu maxsus funksiyalar yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Misol

x = str(3)    # x bu yerda '3'
y = int(3)    # y bu yerda 3
z = float(3)  # z bu yerda 3.0

 

O'zgaruvchi turni aniqlash

type()Funktsiya yordamida o'zgaruvchining ma'lumotlar turini bilib olishingiz mumkin .

Misol

x = 5
y = "John"
print(type(x))
print(type(y))

Bitta yoki ikkita tirnoq?

Satr o'zgaruvchilari bitta yoki ikkita tirnoq yordamida e'lon qilinishi mumkin:

Misol

x = "John"
# bitta tirnoq orqali e'lon qilinishi
x = 'John'

Harflar katta-kichikligi bilan farqlanadi

O'zgaruvchilar nomlarida katta-kichik harflar inobatga olinadi.

 

 

 

Misol

Bu ikkita o'zgaruvchini yaratadi:

a = 4
A = "Sally"
#A va a boshqa-boshqa o'zgaruvchilar