Python - satrlarni kesish
Kesish
Satrni kesib olish uchun o'zgaruvchi nomidan keyin [] belgisi qo'yiladi.
Satrning bir qismini qaytarish uchun ikki nuqta bilan ajratilgan boshlang'ich indeksini va tugatish indeksini belgilash kerak.
Misol
2-pozitsiyadan 5-pozitsiyagacha bo'lgan belgilarni kesib olish:
b = "Hello, World!"
print(b[2:5])
Eslatma: Birinchi belgi 0-indeksga ega.
Boshidan boshlab kesish
Boshlanish indeksini qoldirsangiz, diapazon birinchi belgidan boshlanadi:
Misol
Belgilarni boshidan 5-belgigacha kesish:
b = "Hello, World!"
print(b[:5])
Oxirigacha kesish
Ko'rsatilgan nuqtadan satr oxirigacha kesish:
Misol
Belgilarni 2-pozitsiyadan oxirigacha olish:
b = "Hello, World!"
print(b[2:])
Indexlarni manfiy belgilash
Qismni satr oxiridan boshlash uchun manfiy indekslardan foydalaniladi:
Misol
"Hello, World!" satrni ko'raylik:
Bunda index oxiridan boshlanadi.
"World!"da "o" belgisi (pozitsiya -5) "d" belgisi esa (pozitsiya -2):
va "orl" natijasini olishimiz mumkin.
b = "Hello, World!"
print(b[-5:-2])